SportUz.Net
photo photo

Jamol Musiala YECHLda gol urgan eng yosh angliyalik futbolchiga aylandi

24.02.2021 08:30    


Rasmni yuklab olish

«Bavariya» yarim himoyachisi Jamol Musiala Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan «Latsio»ga qarshi o‘yinda gol muallifiga aylandi.

Ikki kundan keyin 18ga kiradigan futbolchi Chempionlar ligasi pley-off bosqichida gol urishga muvaffaq bo‘lgan eng yosh o‘yinchilardan biri bo‘ldi. Bu borada rekord «Barselona» klubi sobiq futbolchisi Boyan Krkichga tegishli bo‘lib, u mavsum-2007/08da «Shalke» darvozasini ishg‘ol qilgan paytda 17 yoshu 217 kunlik edi.

Bundan tashqari, Musiala Chempionlar ligasida gol urgan eng yosh angliyalik o‘yinchiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Musiala Germaniyada tug‘ilgan va ikkita fuqarolikka ega. U har ikki mamlakat o‘smirlar terma jamoalarida o‘ynagan. Hozirda u Angliya yoshlar terma jamoasida o‘ynaydi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: