SportUz.Net
photo photo

Enso Fernandes Angliya futboli tarixidagi eng qimmat transferga aylandi

01.02.2023 08:31    


Rasmni yuklab olish

Enso Fernandesning «Chelsi»ga o‘tishi Angliya futboli tarixidagi eng qimmat transferga aylandi.

«Chelsi» argentinalik futbolchi uchun «Benfika»ga 121 mln yevro to‘laydi. Bu rekord summa. Shu paytgacha rekord Jek Grilishga tegishli bo‘lib turgandi. «Manchester Siti» angliyalik futbolchi uchun «Aston Villa»ga taxminan 100 mln yevro to‘lagandi.

"Chelsi" Fernandes uchun pulni oltiga bo‘lib to‘lash borasida "Benfika" bilan kelishuvga erishdi. Klub dastlab 45 million yevroni to‘laydi. Summaning qolgan qismi beshga bo‘linib, teng qismdan to‘lab beriladi.

Enso – «Chelsi» uchun yanvar oyidagi sakkizinchi yangi futbolchi bo‘ldi. Jamoa Todd Bouli qo‘liga o‘tganidan so‘ng 16 ta transferni amalga oshirdi.

Enso Fernandes 2022 yilning iyul oyidan «Benfika» sharafini himoya qilib kelayotgandi. Klub uni "River Pleyt"dan 12 millionga xarid qilgandi. Uning "Chelsi"ga transferida Argentina klubi taxminan 30 million yevro ulush oladi.

Fernandes joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 29 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 gol va 7 uzatma muallifiga aylandi.

«Chelsi» APL turnir jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi (29 ochko). Londonliklar keyingi turni 3 fevral kuni «Fulxem»ga qarshi o‘tkazishadi.

Darvoqe, "Chelsi" hozircha Enso Fernandesning transferini rasman e’lon qilmadi. "Benfika" esa transferni tasdiqladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: