Angliyaning The Guardian nashri 2022 yilning eng yaxshi top-100 futbolchilar reytingini e’lon qildi.
25 yanvar, chorshanba kuni 41-o‘rindan 100-o‘ringa qadar joylashgan futbolchilar nomi ma’lum qilingandi. Bugun esa reytingning 11-o‘rnidan 40-o‘rniga qadar bo‘lgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi.
11-o‘rindan 25-o‘ringa qadar reyting quyidagicha ko‘rinish olgan:
11. Sadio Mane (“Bavariya”);
12. Neymar (“PSJ”);
13. Harri Keyn (“Tottenhem”);
14. Jud Bellingem (“Borussiya D”);
15. Kazemiro (“Manchester Yunayted”);
16. Ashraf Hakimiy (“PSJ”);
17. Antuan Grizmann (“Atletiko”);
18. Federiko Valverde (“Real”);
19. Pedri (“Barselona”);
20. Emiliano Martines (“Aston Villa”);
21. Enso Fernandes (“Benfika”);
22. Bukayo Saka (“Arsenal”);
23. Rafael Leau (”Milan”);
24. Filip Foden (“Manchester Siti”);
25. Jamal Musiala (“Bavariya”).
Qayd etib o‘tish joiz, “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh 28-o‘rindan, “Manchester Siti” xavbeki Bernardu Silva — 29, “Leypsig” vingeri Kristofer Nkunku — 33, “Arsenal” yarim himoyachisi Martin Edegor — 35, “Barselona” xavbeki Gavi — 37, “Yuventus” a’zosi Anxel di Mariya — 38, “Real” yarim himoyachisi Toni Kroos esa 39-o‘rindan joy olgan.
"Kichik bolalarga imkon berishdan charchadim". Maxachev Topuriya bilan jang haqida gapirdi