SportUz.Net

Ter Stegen joriy mavsumda Yevropa top-ligalarida eng yaxshi natija qayd etmoqda

23.01.2023 23:00    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Stegen o‘z darvozasi tomon berilayotgan zarbalarni qaytarish bo‘yicha joriy mavsumda Yevropaning top-chempionatlaridagi eng yaxshi natijani qayd etmoqda.

Germaniyalik posbon Ispaniya chempionatining ushbu mavsumida berilgan zarbalarning 84,6 foizini qaytardi.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha keyingi o‘rinlarni quyidagi darvozabonlar egallab turishibdi:

Yevann Diuf («Reyms», 83,9%);
Nik Poup («Nyukasl», 82,3%);
Xeronimo Ruli («Vilyarreal», 82,1%; yanvar oyida «Ayaks»ga o‘tdi);
Kepa Arrisabalaga («Chelsi», 82%).

Ushbu ro‘yxatni tuzishdi joriy mavsumda kamida 25ta seyv namoyish etgan darvozabonlarning natijalari inobatga olingan.

«Barselona» La liganing 17 ta bahsidan 13 tasida o‘z darvozasidan to‘p olib chiqmadi. Jamoa o‘z darvozasidan atigi 6 ta gol o‘tkazib yubordi. Bu Yevropaning kuchli chempionatlaridagi eng yaxshi natija hisoblanadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: