SportUz.Net

«Oltin to‘p»-2023 uchun da’vogarlarning yangi reytingi: Messi peshqadam, Argentinaning yangi 3 futbolchisi top-20da paydo bo‘ldi

20.12.2022 16:31    


Rasmni yuklab olish

Angliyaning Goal nashri bugun «Oltin to‘p-2023» uchun nomzodlarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

12 noyabr kungi reyting bilan taqqoslaganda, top-20ga Argentina terma jamoasining uch futbolchisi kirgan. Hujumchi Xulian Alvares 8, himoyachi Enso Fernandes 14 va darvozabon Emiliano Martines 20-o‘ringa joylashtirildi.

Reytingning yuqori pog‘onalarida esa o‘zgarish bo‘lmadi: Lionel Messi, Kilian Mbappe, Erling Holand, Neymar, Robert Levandovski...

«Oltin to‘p»ning amaldagi g‘olibi, «Real» hujumchisi Karim Benzema kuchli 20 talikni tark etdi.

«Oltin to‘p» uchun asosiy nomzodlar top-20ligi (20 dekabr):

1 (1 — avvalgi o‘rni). Lionel Messi («PSJ»)
2 (2). Kilian Mbappe («PSJ»)
3 (3). Erling Holand («Manchester Siti»)
4 (4). Neymar («PSJ»)
5 (5). Robert Levandovski («Barselona»)
6 (6). Vinisius Junior («Real Madrid»)
7 (7). Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»)
8 (yangi). Xulian Alvares («Manchester Siti»)
9 (8). Muhammad Saloh («Liverpul»)
10 (9). Xvicha Kvarasxeliya («Napoli»)
11 (11). Bukayo Saka («Arsenal»)
12 (12). Jamal Musiala («Bavariya»)
13 (13). Jud Bellinghem («Borussiya» D)
14 (yangi). Enso Fernandes («Benfika»)
15 (15). Kodi Gakpo («PSV»)
16 (10). Antuan Grizmann («Atletiko»)
17 (14). Luka Modrich («Real Madrid»)
18 (17). Harri Keyn («Tottenhem»)
19 (16). Ashraf Hakimiy («PSJ»)
20 (yangi). Emiliano Martines («Real»).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: