SportUz.Net
photo photo

Messi bu ko‘rsatkich bo‘yicha Maradonaning rekordini takrorladi

04.12.2022 11:00    


Rasmni yuklab olish

3 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Qatardagi jahon chempionati nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan Argentina va Avstraliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda "albiseleste" g‘alaba qozondi (2:1).

Argentinaliklar sardori Lionel Messi mazkur o‘yindan so‘ng JCHlari bahslarida jamoadoshlarini zarbavor vaziyatga chiqaruvchi uzatmalarni berish bo‘yicha Maradonaning rekordiga yetib oldi. Ular Mundiallar davomida 67 marta jamoadoshlarini darvoza tomon zarba berish uchun qulay vaziyatga chiqarishgan. Bu haqda Opta Sports xabar tarqatdi.

Maradonaning shunday uzatmalaridan so‘ng 8ta vaziyat gol bilan yakunlangan bo‘lsa, Messida bu ko‘rsatkich 6taga teng.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: