Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe jahon chempionatining 1-turi doirasida bo‘lib o‘tgan Avstraliyaga qarshi o‘yinda raqib jarima maydoni ichida 19 marta to‘pga tegindi.
Jahon chempionatlari tarixida ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha eng yaxshi natija 1966 va 1970 yillarda qayd etilgan bo‘lib, italiyalik Luiji Riva ikkita Mundialda bu ishni 20 marta amalga oshirgan.
XXI asrda esa eng yaxshi natija 16ta bo‘lib turgandi. Neymar JCH-2018da Serbiya terma jamoasiga qarshi o‘yinda, David Vilya JCH-2010da Gondurasga qarshi uchrashuvda hamda El-Hoji Duif JCH-2022da Shvesiyaga qarshi bahsda raqib jarima maydoni ichida to‘pga shuncha marta teginishgan.
"Kichik bolalarga imkon berishdan charchadim". Maxachev Topuriya bilan jang haqida gapirdi