Ushbu yulduzli turnirga Abu-Dabining Yas Orolida joylashgan "Etihad Arena" mezbonlik qiladi. Kecha matbuot anjumani munosabati bilan mazkur arenaga bordik.
Arenaga yaqinlashib borar ekansiz, u erdagi ajoyib atmosfera sizni go'yoki sehrlab qo'yadi.
Arena tashqi tomonidagi katta ekranda turnir anonsi aylanmoqda
Uzun navbat. Ular nima uchun turishganiga qiziyapsizmi?
Mana shunday ajoyib kamar bilan suratga tushish uchun
Bunday surat UFCdagi hamma jangchilarda ham yo'q
DJ'lar xizmatda
Turnirni tomosha qilish uchun borgan tojikistonlik muxlislar bilan esdalik uchun surat
Fotozonada mana shunday suratga tushish mumkin
Volontyorlar yig'ilganlarga o'z yordamlarini ayamayaptilar. Bunday tadbirlarda volontyor bo'lib ishlash sportga qiziqqan har bir inson uchun qiziq bo'lishi shubhasiz
Ajoyib atmosfera
UFC muxlislar uchun turli yutuqli o'yinlar ham tashkil etgan
Suratga tushish uchun yana bir maxsus zona
UFC'ning maxsus do'koni
Do'konda savdo-sotiq avjida
Mana shu futbolkaning narxi taxminan 40 dollar turadi
Yutuqli o'yinda omadi kelmagan muxlis
Va albatta Play Station muxlislari uchun qiziq nuqta
O'quvchilarimiz orasida ham PS'da UFC o'yinini yoqtiradiganlar ko'plab topilsa kerak?
Tezkorlikni sinovchi maxsus o'yin
Dog'istonlik muxlislarning kayfiyati ajoyib
Bu erda 5 noyabr kuni Dmitriy Bivolning Ramiresga qarshi jangi ham o'tkaziladi
Suratga tushish uchun yana bir ajoyib manzil
Siz kimning oldida suratga tushgan bo'lardingiz?
UFC nima uchun jahonning eng yaxshi promousheni ekanligiga yana bir bor amin bo'ldik. Muxlislar bilan ishlash, tadbirlarni tashkil etish, PR va boshqalar... Barchasi yuqori darajada!
YouTube'dagi kanalimizda ushbu jarayondan videoni ham ko'rishingiz mumkin.
Aziz To'xtamurodov, Abu-Dabi shahridan