«Real» Amazon platformasida liboslar sotuvi bo‘yicha eng ko‘p daromad qilgan klubga aylandi.
Marca nashrining xabariga ko‘ra, «Real» 3,3 million yevrolik libosni sotgan, bu Ispaniya, Angliya, Fransiya va Italiya klublari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichdir. Pul aylanmasi 2018 yilga nisbatan 400 foizga oshgan.
Sotuv bo‘yicha ikkinchi o‘rinni «PSJ» egallagan. Parijliklarning daromadi 2,2 million yevro. Uchinchi o‘rinni 1,5 million yevro bilan «Milan» band etgan. «Barselona» esa 700 ming yevro bilan oltinchi pog‘onani egallagan.
Ushbu ligalarning Amazon orqali umumiy liboslar savdosi 12,3 million yevroga baholanmoqda.
Debyut chiqishida raqibini quvlab, nokautga uchratgan Ramazon Temirovning jangidan FOTOGALEREYA