Transfermarkt portali Superliganing hozirgi paytdagi eng qimmat jamoalari reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, «Paxtakor» Superliganing eng qimmat jamoasi deb topildi. Toshkent klubi futbolchilarining umumiy qiymati 9,80 million yevroni tashkil etadi. Ikkinchi o‘rinni Qarshining «Nasaf» jamoasi egallagan. Qashqadaryo klubining bahosi 8,66 million yevro.
Undan keyingi o‘rinlarni «Navbahor» (8,56 million), AGMK (6,90 million) va «So‘g‘diyona» (6,13 million) jamoalari egallab turibdi.
Superliganing eng qimmat klublari:
1. «Paxtakor» — 9,80 million;
2. «Nasaf» — 8,66 million;
3. «Navbahor» — 8,58 million;
4. AGMK — 6,90 million;
5. «So‘g‘diyona» — 6,13 million;
6. «Neftchi» — 5,76 million;
7. «Qizilqum» — 4,68 million;
8. «Bunyodkor» — 4,65 million;
9. «Lokomotiv» — 4,50 million;
10. «Olimpik» — 4,23 million;
11. «Qo‘qon-1912» — 4,20 million;
12. «Metallurg» — 4,20 million;
13. «Surxon» — 3,90 million;
14. «Dinamo» — 3,47 million.
27 sentyabr kuni Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar (to'liq ro'yxat)