SportUz.Net
photo photo

Osiyoning eng kuchli futbolchilari reytingi tuzildi. Shomurodov top-10da

23.06.2022 06:31    


Rasmni yuklab olish

"Four Four Two" portali Osiyoning ayni damdagi eng kuchli futbolchilari reytingini tuzib chiqdi. O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov 9-pog‘onaga joylashtirildi.

"Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yaxshi futbolchi. Sobiq ittifoq mamlakatlaridan chiqib, o‘zini xorij chempionatida, ayniqsa, Italiyada ko‘rsata olgan kam sonli futbolchilardan biri. 26 yoshli futbolchi "Jenoa"dagi ilk mavsumida yaxshi taassurot qolganidan so‘ng o‘tgan yilning avgust oyida Joze Mourinyo boshqaruvidagi "Roma" safiga qo‘shilgandi. Raqib jarima maydoni tashqarisida ko‘p mehnat qiladigan hujumchi. Shomurodov — O‘zbekiston terma jamoasi uchun juda foydali o‘yinchi", — deya ta’rif berdi portal o‘zbekistonlik futbolchiga.

Reytingda "Tottenxem" hujumchisi Son Xyong Min 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Mehdi Taremiy ("Portu", Eron) va Sardor Azmun ("Bayer", Eron) kuchli uchlikni tashkil etishdi.

Osiyoning ayni paytdagi eng yaxshi futbolchilari:

1. Son Xyong Min ("Tottenxem", Janubiy Koreya)
2. Mehdi Taremiy ("Portu", Eron)
3. Sardor Azmun ("Bayer", Eron)
4. Salmon ad-Dovsariy ("Al-Hilol", Saudiya Arabistoni)
5. Akrom Afif ("As-Sadd", Qatar)
6. Vaturu Endo ("Shtutgart", Yaponiya)
7. Takexiro Tomiyasu ("Arsenal", Yaponiya)
8. Almoyez Ali ("Duhayl", Qatar)
9. Eldor Shomurodov ("Roma", O‘zbekiston)
10. Ali Mabxut ("Al-Jazira", BAA)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: