22 may, yakshanba kuni "Tottenxem" safarda "Norvich" klubi mehmoni bo‘lib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mazkur o‘yinda Son Xyong Min "dubl" muallifiga aylandi. Natijada koreyalik futbolchining mazkur mavsumda APL doirasida urgan gollari soni 23taga yetdi va u "Liverpul" forvardi Muhammad Saloh bilan birga mavsum to‘purariga aylandi.
Son Xyong Min APL tarixida "Oltin butsa"ni qo‘lga kiritgan ilk osiyolik futbolchiga aylandi. E’tiborli tomoni, koreyalik o‘yinchi gollarining barchasini o‘yindan urgan bo‘lsa, Saloh 5ta to‘pni penaltidan kiritgan.
Yevropadagi "Oltin butsa" esa "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskiga nasib etdi. U Bundesligada 35ta gol muallifiga aylandi.
Ramazon Temirov UFC bonusini qo'lga kiritgan to'rtinchi o'zbekistonlik jangchi bo'ldi