«Lester» forvardi Jeymi Vardi Angliya chempionatining 37-turi doirasida «Uotford»ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda (5:1) 2ta gol muallifiga aylandi.
Vardi uchun mazkur "dubl" ketma-ket ikkinchisi hisoblanadi. U 36-tur doirasida bo‘lib o‘tgan o‘yinda «Norvich» darvozasiga ham ikkita gol urgandi (3:0). Shu tariqa, Jeymi APLning ketma-ket 2ta uchrashuvida "dubl"ga erishgan yoshi eng katta ikkinchi futbolchiga aylandi. U kecha 35 yoshu 124 kunlik edi.
Bu borada rekord «Bolton» klubi va Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Yuriy Jorkayeffga tegishli. Jorkayeff 2004 yilning may oyida — 36 yoshu 60 kunlik paytida shunday natija qayd etgan edi.
UFC 315: Bilol Muhammad va Valentina SHevchenko kamarini himoya qiladi (ONLAYN NATIJALAR)
Bilol yoki Maddalena? SportUz.Net jurnalistlari UFC 315 markaziy jangi uchun taxmin bildirishdi
Tommi Fyuri 2023 yildan buyon ilk bor jang qilib, g'alaba qozondi va Jeyk Polga "vyzov" tashladi