SportUz.Net
photo photo

FIFA reytingi-2022. O‘zbekiston bir pog‘ona pastga tushdi

10.02.2022 15:00    


Rasmni yuklab olish

FIFA bugun — 10 fevral kuni 2022 yil uchun dunyo terma jamoalarining ilk reytingini e’lon qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi yanvar oyida Janubiy Sudanga o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib, g‘alaba qozongan bo‘lsa, Yangi Zelandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuv o‘tkazilmadi. Buning natijasida jamoamiz o‘z ballarini 2,4 ballga boyitdi. Shunga qaramay, milliy jamoamiz jadvalda bir pog‘ona pastga tushdi.

Osiyo mintaqasida esa 11-pog‘onani band etganmiz. Bizdan yuqori pog‘onalarni Eron (21-o‘rin), Yaponiya (23), Janubiy Koreya (29), Avstraliya (37), Qatar (52), Saudiya Arabistoni (53), Birlashgan Arab Amirliklari (69), Iroq (74), Xitoy (75), Ummon (79) terma jamoalari egallab turibdi.

Umumiy reytingni esa hamon Belgiya terma jamoasi egallab turibdi. Ikkinchi pog‘onani Braziliya band etgan bo‘lsa, Fransiya bir qator ko‘tarilib kuchli uchlikka kirdi. Angliya 4-o‘ringa tushgan bo‘lsa, Argentina beshinchi pog‘onaga joylashgan.

FIFA reytingi, 2022 yil fevral

1. Belgiya — 1828 ball
2. Braziliya  — 1826
3. Fransiya — 1786
4. Angliya — 1756
5. Argentina — 1751
6. Italiya — 1741
7. Ispaniya — 1705
8. Portugaliya — 1660
9. Daniya — 1655
10. Niderlandiya — 1654

Osiyo terma jamoalari reytingi
21. Eron — 1573
23. Yaponiya — 1550
29. Janubiy Koreya — 1522
37. Avstraliya — 1487
52. Qatar — 1438
53. Saudiya Arabistoni — 1434
69. Birlashgan Arab Amirliklari — 1353
74. Iroq  — 1325
75. Xitoy  — 1313
79. Ummon  — 1301
85. O‘zbekiston — 1277

Sobiq Ittifoq mamlakatlari terma jamoalari reytingi

27 (25). Ukraina — 1535
35 (34). Rossiya — 1493
85 (84). O‘zbekiston — 1277
86 (85). Gruziya — 1269
92 (92). Armaniston — 1242
94 (94). Belarus — 1233
96 (96). Qirg‘iziston — 1228
106 (107). Estoniya — 1176
115 (116). Tojikiston — 1152
120 (119). Qozog‘iston — 1140
121 (120). Ozarboyjon — 1139
134 (133). Turkmaniston — 1117
135 (134). Latviya — 1100
137 (136). Litva — 1091
181 (181). Moldova — 926.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: