
«Manchester Siti» Angliya kubogi nimchorak final bosqichi doirasida 10 fevral kuni «Suonsi»ni mag‘lubiyatga uchratdi (3:1).
Bu «shaharliklar» uchun barcha musobaqalar doirasida qo‘lga kiritilgan ketma-ket 15-g‘alaba bo‘ldi. Shu tariqa Pep Gvardiola shogirdlari Angliya oliy divizioni klublari uchun rekord natijani qayd etdi.
Mazkur g‘alabali seriya davomida «Manchester Siti» 40 ta gol urdi va beshta to‘p o‘tkazib yubordi. Jamoa o‘yinlarning o‘ntasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
«Manchester Siti» keyingi o‘yinni 13 fevral kuni Premyer Liga doirasida «Tottenhem»ga qarshi o‘tkazadi.
Bahodir Jalolov va Murodjon Ahmadaliev mashg'ulotlarni birgalikda davom ettiryapti (VIDEO)
Jeyk Pol - Entoni Joshua bilan jang haqida: "Men ikkita raundda g'alaba qozongandim"
2026 yilda jahon chempioni bo'lishni niyat qilgan Xurshidbek Rasuljonov bilan intervyu