«Manchester Siti» yarim himoyachisi Riyod Mahrez Angliya chempionatining 17-turi doirasida bo‘lib o‘tgan bahsda (7:0) bitta gol muallifiga aylandi.
Jazoirlik futbolchi uchun mazkur o‘yin «Manchester Siti» safida Premyer-liga doirasidagi 100-uchrashuv bo‘ldi. "OptaJoe" tarqatgan xabarga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi 2ta klub safida APL doirasidagi yuzinchi o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘lgan ilk o‘yinchiga aylandi. Mahrez «Lester» tarkibida APL doirasida 139ta o‘yinda ishtirok etib, 39ta gol muallifiga aylangan.
Riyod joriy mavsumda Premyer-liganing 13ta uchrashuvida gol+pas tizimi bo‘yicha 5 ochko (3+2) jamg‘ardi. Riyodning «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2023 yilga qadar tuzilgan.
Abbosxonning Gulistondagi jangi durang bilan yakunlandi. Barcha natijalar bilan tanishing!
G'ofur Rahimov, Muhammadqodir Abdullaev yoxud Gulistondagi boks oqshomidan ilk FOTOREPORTAJ