SportUz.Net
photo photo

Mbappe YECHLda 50ta o‘yinda ishtirok etdi va 3-natija qayd etdi

25.11.2021 10:31    


Rasmni yuklab olish

24 noyabr, chorshanba kuni Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turi doirasida «Manchester Siti» — «PSJ» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda "shaharliklar" 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Kilian Mbappe uchun mazkur bahs YECHL doirasidagi 50-uchrashuv bo‘ldi. Fransiyalik futbolchi kecha 22 yoshu 339 kunlik edi.

Bu borada rekord darvozabon Iker Kasilyasga tegishli bo‘lib, u dastlabki 50ta o‘yinda ishtirok etganida 22 yoshu 155 kunlik edi. Ikkinchi natija esa Sesk Fabregasga tegishli — 22 yoshu 331 kun.

Mbappe kechagi bahsda gol muallifiga aylandi. Uning uchun bu gol musobaqa doirasida 29-gol bo‘ldi. Shu tariqa, Kilian fransiyalik futbolchilar orasida David Trezege bilan tenglashgan holda 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha rekord Karim Benzemaga tegishli — 75 gol. Ikkinchi o‘rinda esa Tyerri Anri — 50.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: