SportUz.Net
photo photo

APL. Saloh — raqib darvozasi tomon eng ko‘p aniq zarba berayotgan futbolchi

12.10.2021 22:31    


Rasmni yuklab olish

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Angliya chempionatining joriy mavsumida 8ta uchrashuvda maydonga tushib, 6ta gol urdi.

APL tarqatgan xabarga ko‘ra, misrlik futbolchi Premyer-liga futbolchilari orasida raqib darvozasi tomon eng ko‘p aniq zarba berayotgan futbolchi hisoblanadi. U 16 marta darvoza tomon aniq zarba yo‘llagan.

Salohning yaqin ta’qibchilari Maykl Antonio ("Vest Xem") va Ismailai Sarr ("Uotford") bo‘lib, ular hisobida 11tadan aniq zarba mavjud.

Mavsum-2021/2022da raqib darvozasi tomon eng ko‘p aniq zarba berayotgan futbolchilar:

1. Muhammad Saloh (Liverpul) - 16 zarba

2. Maykl Antonio (Vest Xem) - 11 zarba

2. Ismaila Sarr (Uotford) - 11 zarba

4. Jeymi Vardi (Lester) - 10 zarba

4. Meyson Grinvud (Manchester Yunayted) - 10 zarba

6. Sadio Mane (Liverpul) - 9 zarba



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: