
Germaniya chempionatining 7-turi doirasida 3 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan "Mayns" va «Union Berlin» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda Bundesliga rekordi qayd etildi.
Mezbonlarnig 24 yoshli himoyachisi Sen Jyust o‘yin davomida o‘z tezligini 36,63 km/soatga chiqara olgan. Ushbu natija bu boradagi statistik ma’lumotlar to‘plana boshlagan 2011 yildan buyon eng yuqori tezlik hisoblanadi.
Avvalgi rekord «Bavariya» himoyachisi Alfonso Devisga tegishli bo‘lib, kanadalik o‘yinchining eng yuqori tezligi soatiga 36,51 km.ga teng bo‘lgandi.
Bahodir Jalolov va Murodjon Ahmadaliev mashg'ulotlarni birgalikda davom ettiryapti (VIDEO)
Jeyk Pol - Entoni Joshua bilan jang haqida: "Men ikkita raundda g'alaba qozongandim"
2026 yilda jahon chempioni bo'lishni niyat qilgan Xurshidbek Rasuljonov bilan intervyu