SportUz.Net
photo photo

Xitoydagi eng ommabop liga, klub va futbolchi ma’lum bo‘ldi

08.02.2021 14:30    


Rasmni yuklab olish

Xitoyning "Mailman Group" sport agentligi tadqiqot o‘tkazib, mamlakatdagi eng ommabop chempionat, klub va futbolchilar reytingini e’lon qildi. Reyting Weibo va Douyin ijtimoiy tarmoqlaridagi obunachilar sonidan kelib chiqib tuzildi.

Eng ommabop liga
Angliya premyer-ligasi birinchi pog‘onani egallagan bo‘lsa, Ispaniya La ligasi va Bundesliga ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni band etishdi. Liga 1 va A seriya kuchli beshlikka kirdi.

Eng ommabop klub
«Barselona» Xitoydagi eng ommabop klub deb topildi. Ikkinchi pog‘onani «Real» egallagan bo‘lsa, «Chelsi» kuchli uchlikka kirdi. Shuningdek, top-5dan «Bavariya» va «Liverpul» klublari o‘rin olishdi.

Eng ommabop futbolchi
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu xitoylik muxlislar o‘rtasida eng ommabop futbolchi deb topildi. «PSJ» forvardi Neymar ikkinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, «Barselona» hujumchisi Lionel Messi kuchli uchlikka kirdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: