SportUz.Net
photo photo

Oksford universiteti futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilar reytingini tuzdi (+ro‘yxat)

08.09.2021 16:00    


Rasmni yuklab olish

Oksford universiteti matematigi Tom Krouford futbolchilarni taqqoslash formulasini yaratdi. Ushbu algoritm futbolchilarning klub va terma jamoa safida erishgan yutuqlarini inobatga oladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, «Manchester Yunayted» forvardi Krishtianu Ronaldu futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi deb topildi. Ikkinchi pog‘onani "PSJ" hujumchisi Lionel Messi egallagan bo‘lsa, futbol afonasi Pele kuchli uchlikka kirdi.

Keyingi pog‘onalarni esa Ferens Pushkash, Ronaldo, Marko van Basten, Alfredo di Stefano, Mishel Platini, Diyego Maradona va boshqalar band etdi.

Krouford futbolchilarni tanlab olishda kamida 2ta "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritganiga yoki sovrin tashkil etilmasidan avval futbol ommasidan tomonidan tan olinganiga ahamiyat qaratdi. O‘yinchilar 7ta tamoyil bo‘yicha baholandi:

1. Klub safida milliy chempionat va xalqaro musobaqalarda qo‘lga kiritgan sovrinlari;

2. Terma jamoa tarkibida qo‘lga kiritgan sovrinlari — jahon chempionligi uchun 150 ball, Yevropa chempionligi va Amerika kubogi uchun 100 ball, shuningdek, musobaqaning eng yaxshi to‘purari bo‘lgani uchun qo‘shimcha ochkolar.

3. Klub safida urgan gollari;

4. Milliy jamoa tarkibida urgan gollari;

5. «Oltin to‘p» sovrini uchun kurashda to‘plagan ochkolari;

6. Shaxsiy rekordlar;

7. «Matematik jihatdan yuksak mavsumlar». Unda futbolchining gollari jamoaga yirik sovrinlarni taqdim etgani.

Shu tariqa, Krouford formulasi bo‘yicha top-10 quyidagicha ko‘rinishda bo‘ldi:

1. Krishtianu Ronaldu (537 ochko)

2. Lionel Messi (503)

3. Pele (459)

4. Ferens Pushkash (305)

5. Ronaldo (281)

6. Marko van Basten (237)

7. Alfredo di Stefano (201)

8. Mishel Platini (177)

9. Diyego Maradona (169)

10. Yoxan Kroyff (163).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: