SportUz.Net
photo photo

Uch mingdan million dollargacha. Dana Uaytni qanday ko'ndirish bo'yicha Jorj Sen-Perdan qo'llanma

16.06.2021 16:34    


Rasmni yuklab olish

Uch mingdan million dollargacha. Dana Uaytni qanday ko'ndirish bo'yicha Jorj Sen-Perdan qo'llanma

Jon Jons afsonaning bosib o'tgan yo'lini diqqat bilan kuzatib chiqishi kerak. Bu usul unga yordam beradimi?

So'ngi bir yil ichida UFC'da bir necha marta jangchilar va liga rahbarlari o'rtasida moliyaviy kelishmovchiliklar sabab ancha mojarolar yuzaga keldi. Bu vaziyatda yarimo'g'ir vazn toifasidagi sobiq chempion Jon Jonsning nomi ko'p tilga olindi. Amerika yulduzi liga prezidentidan Frensis Ngannu bilan bo'ladigan jang uchun 30 million dollar talab qilgan. Ammo hozircha, ikki taraf ham o'z qarorida qatiy turibdi. 

Jonsning bu qarori Dana Uaytning jahlini chiqardi. SHuningdek, Jon ham UFC prezidentining o'jarligidan g'azablandi. Xullas, pichoq suyakka borib qadaldi. 

SHu holatda ikkita vazn toifasi bo'yicha UFC sobiq chempioni Jorj Sen-Perning harakatlari qiziqarli ko'rinishi mumkin. Kanadalikning aytishicha, o'zining muzokara olib borish mahorati tufayli liga rahbarlaridan millionlab dollarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgan. Bu bilan Jorj Sen-Per rahbarlar bilan qanday munosabatda bo'lish sirini oshkor qildi. 

Xorijiy nashrlardan birida jangchi yorqin sarlavhali maqola elon qildi: “UFC ni o'zingiz majburlamasangiz, ular adolat bilan pulingizni bermaydi”. Bu erda Jorj Sen-Perning qanday qilib 4 yil ichida maoshi uch ming dollardan millionga ko'tarilganini aytib bergan. 

San-Per: “UFC dagi birinchi jangimda Karo Parizyanni mag'lub qilganim evaziga uch ming dollar ishlaganman. U va Xironni enganimdan keyin yarimo'rta vazn toifasida kamar uchun bo'ladigan jangni berishgan. Birinchi raundda Metti Xyuzdan mag'lubiyatga uchraganim uchun menga 9 ming dollar to'lashdi”,-deb yozgan.

Mana shu muvaffaqiyacizlikdan so'ng, Jorj Sen-Per yanada kuchli bo'lib qaytdi. To'rt yil davomida u g'alaba qozondi, yutqazdi va o'rtayarim vazn toifasidagi chempionlik nomini ham qaytarib olishga ulgurdi. SHu vaqt mobaynida Mett Serra bilan dilogiya o'tkazdi va ikki marta Mett Xyuzni engdi. Umaman olganda, Jorj liganing eng yaxshi jangchilaridan biriga aylandi. 2008-yil 9-avgustda Jorj Sen-Per Jon Fitchga qarshi oktagonga ko'tarilishi lozim edi. Bu uning liga bilan shartnomasidagi oxirgi jangi bo'lganligi sababli, kanadalik muzokaralar olib borish mahoratini namoyish qildi. 

Jorj Sen-Per: “MMA dunyosida kelishuvlar shahmat o'yiniga o'xshab qolishi ham mumkin. Boshqa ligalar meni tashkilotining yuzi sifatida ko'rishni istayotganini bilar edim. SHunday qilib, poker kabi harakat qilishni boshladik. Fitch bilan bo'ladigan janggacha hech qanday shartnoma imzolamasligimizni, shunchaki avval bu kelishuvni yakunlashimiz kerakligini aytdik. Fond birjasidagi kabi tavakkal qildik. G'alaba qozonsam akciyalarim yana o'sishi yoki mag'lub bo'lsam aksincha bo'lishi ham mumkin edi. Biz shu yo'ldan borishni afzal bildik. Bu juda katta tavakkal edi. Fitch bilan bo'ladigan jangga bir kun qolganda, UFC rahbari yonimga aqlbovar qilmas darajadagi shartnoma bilan keldi, ular shunchaki erkin jangchi maqomini olishimni istashmadi. Bu jang uchun 400 ming dollar oldi, deb hisoblaysizmi? Bundanam ko'p, millionlab dollar ishladim. Faoliyatimning cho'qqisiga chiqib millionlarni qo'lga kiritdim. Axir daromad nafaqat jang, balki g'alaba uchun ham. Biz PPV va sotilgan chiptalar uchun ham foiz oldik. Mana jangchi nimalardan pul qiladi. Ammo bunday shartlar bilan muzokara olib borish uchun sizda ham kuch bo'lishi kerak. 

Topgan mablag'imni qimmatbaho narsalarga emas, balki o'zim uchun sarfladim. Muzli vanna sotib oldim, dunyo bo'ylab sayohat qildim, eng yaxshi murabbiy va sparring-sherik izladim. Bularni cho'qqida qolish uchun qildim. Pullarni shunchaki sarflash uchun faoliyatim juda kam bo'lishini bilar edim. Ko'p jangchilar o'zi uchun men topgan puldan ham kam ishlatishadi. Bisping bilan bo'lgan jangga qaytishimga kelsak, o'shanda jami 10 million dollar ishlab topganman. Faoliyatimni yuqori cho'qqida tugatganimdan xursandman. Ko'plab jangchilar faoliyatini shikastlangan holda tugatadi. Ular jang uchun uzoq vaqt ushlanib qolishadi, oxirida boshidan jarohat olishgacha borishadi. Men sog'lom hamda boyman. Faoliyatini men kabi yakunlaganlar juda kamchilikni tashkil qiladi”,-deb yozgan. 



Kanadalik birgina xabarda juda ko'p masalalarni ko'targan. Bular ichidan tashkilot rahbarlari bilan muzokara olib borish qobiliyatiga ega bo'lish, sportdan vaqtida keta olish va sog'likni birinchi o'ringa qo'yish kabilar o'rin olgan. Jorj Sen-Per bitta maqola orqali ko'plab jangchilarga, shu jumladan Jon Jonsga ham foydali maslahat bera oldi. Jorj Dana Uaytni istalgan pulni olish uchun janjal qilmasdan ko'ndirish mumkinligini ham aytib o'tdi. Balki Jons o'zini noto'g'ri tutganini endi tushunib olar. Ammo Jorj Sen-Perning uslubi unga yordam berishi haqida aniq xulosa yo'q. Axir, Jon tashkilot prezidenti bilan aloqalarini juda yomon holda uzdi, endi avvalgi munosabatlarni tiklash oson bo'lmaydi.

Sports.ru sayti asosida Qayumova Ozoda tayyorladi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: