
Futbol bo‘yicha Yevropa chempionatida ishtirok etadigan barcha terma jamoalar yakuniy ro‘yxatni e’lon qilishdi.
Musobaqada «Chelsi» va «Manchester Siti» klublaridan eng ko‘p o‘yinchi qatnashishi ma’lum bo‘ldi. Angliyaning mazkur klublari turnirga 15 nafardan futbolchi taqdim etishdi.
"Bavariya"ning 14 nafar o‘yinchisi Yevro-2020ga borsa, "Yuventus"dan 12 futbolchi qit’a chempionatida ishtirok etadi. Keyingi o‘rinlarni esa «Dinamo Kiyev» va «Manchester Yunayted» klublari egallashdi — 11 nafardan.
Eslatib o‘tamiz, musobaqa 11 iyun kuni Italiya va Turkiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs bilan boshlanadi.

Bahodir Jalolov va Murodjon Ahmadaliev mashg'ulotlarni birgalikda davom ettiryapti (VIDEO)
Jeyk Pol - Entoni Joshua bilan jang haqida: "Men ikkita raundda g'alaba qozongandim"
2026 yilda jahon chempioni bo'lishni niyat qilgan Xurshidbek Rasuljonov bilan intervyu