SportUz.Net
photo photo

Osiyo chempionatidagi trilogiya yoxud Jalolov - Konkabaev o'zaro uchinchi marta finalda jang qilishadi + FOTO va VIDEO

31.05.2021 15:34    


Rasmni yuklab olish

Bugun, Dubay shahrida Osiyo chempionatining erkaklar o'rtasidagi finan bahslari bo'lib o'tadi.

O'nta vazn toifasida bo'lib o'tadigan janglarning ettitasida hamyurtlarimiz ringga ko'tariladi. Muxlislar uchun eng qiziqarli jang sifatida esa turnirdagi so'nggisi Bahodir Jalolov va Kamshibek Konkabaev jangi bo'lishi aniq. Bu bokschilar qatorasiga uchinchi marta Osiyo chempionatining final janglarida o'zaro bahs olib borishadi. Bunga qadar bo'lib o'tgan ikkita finalda hamyurtimizning qo'li baland kelgan.



 SHuningdek, bokschilar ikki marta Jahon chempionatida va bir bor WSB turnirida ham o'zaro ringga ko'tarilishgan. 2019 yilgi dunyo birinchiligining finalida Bahodir Jalolov raqibini 5:0 hisobida mag'lub etishni uddalagan bo'lsa, 2017 yil Gamburgda bo'lib o'tgan musobaqaning chorak finalida afsuski bokschimiz 2:3 hisobida mag'lub bo'lgan. 

Bokschilarining finalga qadar bosib o'tgan yo'llari:

Bahodir Jalolov

Bahodir Jalolov - Siyovush Zuxurov (Tojikiston) +/-

Bahodir Jalolov - Alanzi Abdulrahman (Quvayt) 5:0

Kamshibek Konkabaev

Kamshibek Konkabaev - Narender (Hindiston) 5:0

Kamshibek Konkabaev - Pouri Amiri (Eron) 5:0

Ekaterinburgda bo'lib o'tgan final jangini tomosha qiling:




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: