SportUz.Net
photo photo

Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

25.05.2021 20:00    


Rasmni yuklab olish

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xoland muxlislar tomonidan Germaniya chempionatining yakunlangan mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Mavsum-2020/21da norvegiyalik futbolchi 28ta o‘yinda maydonga tushib, 27ta gol urdi va 8ta golga uzatma berdi.

20 yoshli futbolchi to‘purarlar poygasida «Ayntraxt» hujumchisi Andre Silve (28 gol) va «Bavariya» forvardi Robert Levandovski (41 gol)dan so‘ng uchinchi pog‘onani egalladi.

Dortmundliklar Bundesligani 3-o‘rinda yakunlab, Yevropa chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: