SportUz.Net
logo

photo photo

U nogiron bo'lib qolishi mumkin edi, endi esa UFC chempioni. CHarlz Oliveyra haqida hikoya

17.05.2021 17:00    


Rasmni yuklab olish

CHarlz Oliveyra - engil vazn toifasida UFC'ning yangi chempioni.

U Xabibning munosib o'rinbosariga aylandi: braziliyalik sportchi birinchi raundda nokdaun holatiga tushib qoldi va ikkinchi raundda Maykl CHendlerni nokautga uchratdi.

Ushbu g'alaba Oliveyraning butun hayotining ramzi hisoblanadi. U tez-tez yiqilib tushardi, lekin har doim o'rnidan turadi. Jangchi Braziliya favelalarida (Braziliyada qashshoq aholi yashovchi mahalla, "qarovsiz uy" - manosini anglatadi) tug'ilgan va bolaligida deyarli nogiron bo'lib qolgan. SHifokorlar uning yurolmasligini aytishdi, ammo CHarlz taslim bo'lmadi va endi u dunyodagi eng yaxshisi.

Oliveyra futbolni yaxshi ko'rar edi, ammo etti yoshida artrit bilan og'rigan. U ikki yil kasalxonada yotdi va nogiron bo'lib qolishi mumkin edi

CHarlz Oliveyra San-Paulu favelalarida farrosh ayol va qassob ishchisi oilasida tug'ilgan. Bolaligida, barcha yosh braziliyaliklar singari, futbolni yaxshi ko'rardi, ammo etti yoshida u fojiaga duch keldi: shifokorlar unga mashg'ulot qilishni taqiqladi. Unda yurakning g'ayritabiiy shovqinlari va to'piqlarga tasir qiluvchi romatoid artrit aniqlandi.



CHarlz qattiq azob chekdi va harakatlanishga qiynaldi - futbolga berilib ketgan bola uchun bu haqiqiy sinov edi. SHifokorlar ota-onasiga u sportni unutishi kerakligini va nogiron bo'lib qolishi mumkinligini aytdi:

"Doktor yurmasligini, nogironlar aravachasida qolishini aytdi. Ammo biz buni hech qachon qabul qilmaymiz deb javob berdik. Xudo bunga yo'l qo'ymasligini bilardim", - deb eslaydi CHarlzning onasi.

Oliveyra to'pig'ini qimirlata olmadi va ikki yil kasalxonada yotdi. Ona palatada - o'g'lining karavoti yonidagi polda uxlardi. Bir marta bir oy davomida uyiga qaytmadi: kasalxonada tunab qoldi va ertalab soat beshlarda ishiga ketdi. Keyin CHarlz yolg'iz qoldi - u ushbu daqiqalarni dahshat bilan eslaydi:

"Men qimirlay olmaganligim sababli kasalxonada ikki yil yotdim. Ota-onam ishlashlari kerak edi, shuning uchun men ko'pincha yolg'iz qolardim va bunga ko'nikish qiyin edi"

Davolash uchun pul etarli emas edi: CHarlzning otasi qassobxonada ishlagan va mahalliy bozorda tuxum sotgan, onasi esa oddiy maktab farroshi bo'lgan. Ammo oilaga uning xo'jayini - maktab direktori yordam bergan, ayol yarim kun ishlagan. Aynan u bolani klinikaga o'tkazishda yordam bergan, CHarlz u erda qo'shimcha tekshiruvdan o'tgan.

CHarlz o'n bir yoshida kasalxonadan chiqarildi. U to'liq davolanmadi: har ikki haftada bir marta shifokorlar yallig'lanishni oldini olish uchun ukol qilishardi. SHifokorlarning taqiqlashiga qaramay, ikki oydan keyin CHarlz yana mashg'ulotlarga qaytdi.


Oliveyra futboldan voz kechib, jiu-jitsuga muhabbat qo'ydi. Uni sportga do'stining keyinchalik otib tashlangan otasi olib kelgan

To'pig'i og'rigan bola uchun futbol juda zarar etkazdi va CHarlz jiu-jitsuni tanladi. Bunga do'stining otasi Paulo yordam bergan, u ko'pincha aka-uka Oliveyralar bilan birga bo'lgan. Keyinchalik Oliveyra uni jiu-jitsu bo'limiga olib kelgan kishi - Paulo uning uchun amakisidek bo'lib qolganini tan oldi.

Afsuski, Paulo chempionning muvaffaqiyatini ko'rmadi. CHarlzning birinchi mashg'ulotidan atigi ikki yil o'tgach, Paulo otib tashlandi.

"U mehribon qalbi, ota-onamni hurmat qilgani, meni va akamni yaxshi ko'rgani uchun oilamizning bir qismiga aylandi. Ishonchim komilki, u mening hayotimda bo'layotgan voqealarni yuqoridan ko'radi. U bu erda bo'lishini istardim, chunki u meni jiu-jitsuga olib kelgan. Ishonamanki, u men bilan bo'lgan voqeadan faxrlanadi, chunki u mening muvaffaqiyatimdan doimo xursand bo'lgan", - deydi Oliveyra.


CHarlzning onasi o'g'lining sevimli mashg'ulotlariga qarshi edi - u yana jarohat olishidan qo'rqardi. Ammo otasi o'glini qo'llab-quvvatladi va yutuqlar uni uzoq kuttirmadi

"U jiu-jitsuni kasalxonadan chiqqanidan ikki oy o'tib boshladi va ikki oydan so'ng mahalliy miqyoda chempionlikni qo'lga kiritdi. Biz vrachlik punktiga qaytganimizda, shifokorlar bu mumkin emasligini aytdi va CHarlzda allaqachon ikkita oltin medal bor edi", - deb otasi faxr bilan esladi.

Jiu-jitsu bo'limida Oliveyra yaxshi esda qoldi: u har doim boshqa bolalar ustidan hukmronlik qilishni xohlardi. Hatto qizlar ham bundan mustasno emasdi - buning uchun murabbiy bir vaqtlar CHarlzni parterdan chetlatgan. Murabbiy uni qaytib kelmaydi deb o'ylagan, ammo ertasi kuni Oliveyra mashg'ulotlarga qo'shilish istagi bilan kirib keldi.


CHarlz muvaffaqiyatga erishar ekan, ukol olishni ham davom ettirdi. 18 yoshida u etarli ekanligiga qaror qildi:

"Bunday davom etishdan ko'ra, o'lishni afzal bilaman. Men sevgan narsamning ortidan borishim kerak va endi buni qilishni xohlamayman", - dedi CHarlz ota-onasiga.

"Agar sen Isoga, sog'ayishingga ishonsang demak sog'ayasan", - ona o'g'lini qo'llab-quvvatladi.


Oliveyra kambag'al bola bo'lib qolaverdi. U o'tmishini eslaydi va pandemiya paytida u o'zi yashaydigan mahalliy aholi punktiga yordam beradi

CHarlz MMA'dagi karerasini yaxshi boshlagan va 2010 yilda UFC'ga kelgunicha 12-0 ko'rsatkichini qayd etgan. Ammo tashkilotdagi start notekis bo'lib chiqdi: ikkita g'alaba va ikkita mag'lubiyat. CHarlz uzoq vaqt o'rta vaznda qoldi va engil vaznda belgilangan og'irlikka tusha olmadi.  2017 yildan beri u 9-1 seriyasini qayd etdi, ketma-ket sakkizta jangda g'alaba qozondi.

CHarlz Do Bronx taxallusi bilan jang qiladi, bu portugalcha jargonda favelalardan kelgan odam degan manoni anglatadi. Braziliyalik bolaligini qarorgohda o'tkazdi va CHendler ustidan qozongan g'alabasini ona yurtiga bag'ishladi.

"Maykl, sen ajoyib chempionsan. Ammo bugun mening kunim edi. Favelas, bizning kamarimiz!" - dedi CHarlz jangdan so'ng, ko'z yoshlarini arang ushlab.

Oliveyra o'zining kelib chiqishidan faxrlanadi - u hali ham Braziliyada yashaydi va mahalliy aholi bilan aloqani yo'qotmaydi:

"Men hali ham Braziliyada yashayman. Zotan boshqa joyda, yaxshiroq uyda. Men har doim oilam uchun vaziyatni yaxshilashga harakat qilaman, ammo baribir jamoada yashayman.

Menimcha, biz o'zimizni yaxshi his qiladigan joyda bo'lishimiz kerak. Biz kimligimizdan qati nazar, qancha pulimiz borligidan qati nazar, o'zimizni yaxshi his qiladiganlar bilan birga bo'lishimiz kerak. Men qaerdan kelganimni eslayman va qaerga borishni xohlayotganimni bilaman. Ammo mening yuqori maqsadlarim - o'tmishni unutishim kerak degani emas"


Oliveyra o'zini yulduz deb hisoblamaydi, lekin o'z hayotini yaxshi tomonga o'zgartirish uchun nomidan foydalanadi

"Men o'zimni taniqli odam sifatida ko'rmayapman, boshqalar menga qanday yordam bergan bo'lsa, ularga yordam berishni o'ylaydigan oddiy odamman. Men har doim favelalarga tashqaridan kimdir kelib bizga yordam bermasligini aytaman. Biz o'zimiz bir-birimizga yordam berishimiz kerak.

Imkonim boricha yordam berishga harakat qilaman. Mening do'stlarim bor, ular mashxur bo'lishni xohlamaydigan, ammo oziq-ovqat sotib oladigan yaxshi odamlar va biz uni favelalarda tarqatamiz. Men pulimni sarflayman, odamlar uchun xayr-ehson qilaman, ular uchun oziq-ovqat sotib olaman. Afsuski, jamoat muhtoj va ochlikdan aziyat chekmoqda, biz savatlarni eshikka qadar etkazib berishimiz kerak, chunki bitta oila hududdagi barcha posilkalarni o'g'irlaydi. Men, ayniqsa, bolalarning baxtli bo'lishlariga yordam berishga harakat qilaman", - deb takidlaydi CHarlz.

2020 yil oxirida Oliveyra odamlarga oziq-ovqat tarqatish uchun tug'ilgan shahriga ketdi. Aholi pandemiya tufayli katta zarar ko'rdi va CHarlz  braziliyaliklarni muhtojlarga yordam berishga chaqirdi:

“Prainya Guaruja juda kambag'al jamiyat. Pandemiya paytida ular uchun qiyin bo'lgan, bazilari pulsiz qolgan. Men shu erda o'sganman, shuning uchun do'stlarim bilan men odamlar uchun oziq-ovqat sotib olishga qaror qildik. Asosan, bu uzoq muddatli mahsulotlarning to'plamlari edi. Agar iloji bo'lsa, iltimos, muhtojlarga yordam bering. Katta narsalar kichik harakatlardan chiqadi. Keling, urinib ko'ramiz".

Oliveyra UFC'da o'n yildan ko'proq vaqt davomida kurash olib borgan va bu kamarga boshqalardan ko'ra ko'proq mehnat evaziga erishgan. Biroq o'zi mazkur voqeaga to'liq ishonmaydiganga o'xshaydi:

"Tasavvur qiling, kambag'al qatlamdan bo'lgan bolaga shifokorlar sport bilan shug'ullana olmasligini aytishgan. Va qarang: men hozir qaerdaman!".

sports.ru sayti asosida Sarvinoz Raxmonqulova tayyorladi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: