"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya chempionatining 21-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Roma"ga qarshi o‘yinda bitta gol urdi.
"Opta" tarqatgan xabarga ko‘ra, 36 yoshli futbolchi A seriyada debyut qilganidan buyon «gol+pas» bo‘yicha 84 ochko jamg‘ardi (68ta gol va 16ta assist). Bu esa Italiya chempionatining so‘nggi 3 mavsumidagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.
"Lasio" forvardi Chiro Immobile bu davr mobaynida jamoasining 82ta golida ishtirok etgan bo‘lsa, Duvan Sapata ("Atalanta") hisobida 66 ball to‘plangan.
Franchesko Kaputo ("Sassuolo", 58) va Fabio Kvalyarella ("Sampdoriya", 55) bu borada kuchli beshlikka kirishgan.
Amirxon Alixo'jaevning braziliyalik raqibiga qarshi jangi bir raund ham davom etmadi
SHohasan Mirzamatov qirg'izistonlik sportchi bilan jang qildi va boshqacha nokaut qayd etdi
Burchagida jamoadoshi Azamat Nuftillaev bo'lgan Saydatxon Nuriddinovning jangidan FOTOGALEREYA