«Granada» Yevropa Ligasi 1/4 finali doirasidagi ilk bahsda «Manchester Yunayted»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi — 0:2.
Mankunianliklarning ikkinchi goliga yarim himoyachi Brunu Fernandesh mualliflik qildi. Portugaliyalik futbolchi 90-daqiqada penaltidan unumli foydalandi.
Natijada, u Manchester klubi safiga qo‘shilganidan beri (2020, yanvar) 11 metrli jarima zarbasidan 20 marta zarba berib, ularning 19tasidan unumli foydalandi.
Joriy mavsum Brunu barcha musobaqalarda 24 gol urdi, ulardan 11tasi penaltidan kiritilgan.
Ramazon Temirov UFC bonusini qo'lga kiritgan to'rtinchi o'zbekistonlik jangchi bo'ldi