SportUz.Net
photo photo

Ibrahimovich A seriya rekordini o‘rnatdi

22.03.2021 10:00    


Rasmni yuklab olish

Italiya chempionatining 28-turi doirasida Florensiya shahrida bo‘lib o‘tgan "Fiorentina" va "Milan" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda mehmonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi. "Rossoneri" hujumchisi Zlatan Ibrahimovich mazkur bahsda o‘z hisobiga bitta gol yozdi.

Bu orqali shvesiyalik futbolchi Italiya chempionati rekordini o‘rnatdi. U A seriyaning bir mavsumida kamida 15ta gol urgan eng yoshi ulug‘ futbolchiga aylandi. Zlatan kecha 39 yoshu 169 kunlik edi.

Eslatib o‘tamiz, Ibrahimovich 5 yillik tanaffusdan keyin Shvesiya terma jamosiga taklif etildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: