SportUz.Net
iks
ads

«Navbahor»ning joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

06.12.2025 14:00    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, yakunlangan mavsumda «Navbahor» PFK matbuot xizmati xodimlari jamoaning har bir o‘yinidan so‘ng, «lochinlar» tarkibidagi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisini aniqlab kelishdi.

Endi esa navbat 2025 yilning eng yaxshi o‘yinchisini aniqlashga yetib keldi. Klub matbuot xizmati xodimlari talqiniga ko‘ra, jamoaning mahoratli yarim himoyachisi Abbosjon G‘ulomov «Navbahor»ning 2025 yilgi eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

Yakunlangan mavsumda 27 yoshli futbolchi «lochinlar» tarkibida Superliga va O‘zbekiston kubogi bahslarida jami 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 2579 daqiqa o‘ynab, 12 ta golga mualliflik, 3 ta golga assistentlik qildi.

Eslatib o‘tamiz, Abbosjon G‘ulomov O‘zPFL tomonidan 2025 yilgi mavsumning "kashfiyot futbolchisi" sifatida tan olingan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: