SportUz.Net
iks
ads

Xarri Keyn Bundesliga tarixida rekord o‘rnatdi

05.10.2025 09:36    


Rasmni yuklab olish

Myunxenning «Bavariya» jamoasi markaziy hujumchisi Xarri Keyn Bundesliganing 6-turida Frankfurtning «Ayntraxt» jamoasiga qarshi o‘yinda bitta gol muallifi bo‘ldi (3:0). Uchrashuvning 27-daqiqasida 32 yoshli forvard Luis Diasning uzatmasini golga aylantirib, hisobni ochdi.

Bu gol Keynning joriy Germaniya chempionatidagi 11-goli bo‘ldi. "Squawka" xabariga ko‘ra, Keyn Bundesliga tarixida ilk bor mavsumning dastlabki olti o‘yinida 11 gol urgan futbolchiga aylandi — bu Bundesliga uchun haqiqiy rekord.

Xarri Keyn 2025/26 yilgi mavsumda klub darajasida barcha musobaqalar doirasida 10 ta o‘yinda 18 ta gol urgan.

Germaniya — Bundesliga. 6-tur
Ayntraxt F — Bavariya (Myunxen) - 0:3
Gollar: 0:1 — Dias, 1', 0:2 — Keyn, 27', 0:3 — Dias, 84'



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: