SportUz.Net
iks
ads

«Barselona» yulduzi Chempionlar ligasida yangi rekord o‘rnatdi

02.10.2025 19:36    


Rasmni yuklab olish

1 oktyabr kuni «Barselona» Chempionlar ligasi doirasida «PSJ»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Biroq kataloniyaliklar vingeri Lamin Yamal tarixiy natija qayd etdi.

Ispaniyalik futbolchi Lamin Yamal 19 yoshigacha Chempionlar ligasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchiga aylandi. Uning hisobida mazkur musobaqada 24 ta o‘yin bor.

Avvalroq ushbu ko‘rsatkich «PSJ» yarimhimoyachisi Uorren Zairu-Emeriga tegishli bo‘lgan. U 19 yoshigacha Chempionlar ligasida 23 ta o‘yin o‘tkazishga ulgurgan edi.

«Barselona» futbolchisi Yamal esa 24 ta o‘yinda 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: