FourFourTwo portali Ronaldu va Messini o‘z ichiga olgan barcha davrlarning eng ulug‘ futbolchilari jamoasini e’lon qildi.
Statistik va tahliliy FourFourTwo portali futbol tarixi davomida dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy jamoani taqdim etdi.
Ushbu jamoaga futbol tarixida «France Football» tomonidan beriladigan eng nufuzli shaxsiy mukofot — «Oltin to‘p»ni eng ko‘p marta qo‘lga kiritgan ikki futbolchi kiritildi: Lionel Messi (8 marta) va Krishtianu Ronaldu (5 marta).
Barcha davrlarning eng buyuk futbolchilari jamoasining to‘liq tarkibi quyidagicha:
Darvozabon:
Manuel Noyer (Germaniya)
Himoyachilar:
Karlos Alberto (Braziliya)
Paolo Maldini (Italiya)
Bobbi Mur (Angliya)
Franko Barezi (Italiya)
Yarim himoyachilar:
Lotar Matteus (Germaniya)
Andres Inyesta (Ispaniya)
Diyego Maradona (Argentina)
Hujumchilar:
Lionel Messi (Argentina)
Pele (Braziliya)
Krishtianu Ronaldu (Portugaliya)