
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski Germaniya chempionatining navbatdagi turida "Verder" darvozasiga bitta gol urdi.
Polshalik futbolchi uchun mazkur gol Bundesliga doirasida 268-gol bo‘ldi. Shu tariqa, u Klaus Fisher bilan tenglashib oldi. Ular Bundesliga tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida 2-o‘rinni egallab turishibdi.
Fisher mazkur natijaga erishish uchun 535ta o‘yinda ishtirok etgan bo‘lsa, Levandovski uchun 345ta uchrashuv yetarli bo‘ldi. Robert o‘z gollarining 74tasini Dortmundning "Borussiya"sida, 194tasini esa "Bavariya" futbolkasida urgan.
Bu borada rekord Gerd Myullerga tegishli bo‘lib, u Germaniya chempionatida 365ta gol muallifiga aylangan.
"Maxachev bilan Dog'istonda bo'lsa ham jang qilishga tayyorman. Ramazongacha" - Ien Gerri
Menejer Islam Maxachevning navbatdagi raqibi kim bo'lishini aytdi: bu Topuriya yoki Rahmonov emas
Promouter Entoni Joshua - Jeyk Pol jangida vazn bo'yicha cheklov bo'lishi haqida gapirdi
"Faqat faktlar". Rahmonov Ien Garri Maxachevga navbatdagi raqib bo'lishi kerak emasligini aytdi