
«Real» yarim himoyachisi Toni Kroos jamoaning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Germaniyalik futbolchi o‘tgan oyda 4ta bahsda (3ta La liga va bitta YECHL) maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golga uzatma berdi.
Bungacha Luka Modrich ketma-ket 3 oy davomida "Qirollik klubi"ning eng yaxshi futbolchisiga aylangandi. Kroos esa uning "g‘olibona seriyasi"ga chek qo‘ydi.
Siril Gan Aspinall bilan jang qachon tashkil etilishi haqidagi savolga javob qaytardi
"Qanday qilib?" Joshua - blogerlar va bokschilar taqqoslanishiga munosabat bildirdi