SportUz.Net
photo photo

Amorim - 6-qimmatbaho murabbiy!

27.11.2024 00:00    


Rasmni yuklab olish

Portugaliyalik Ruben Amorim 11 noyabr kuni «MYU»ni ilk marta bosh murabbiy sifatida maydonga boshlab tushdi.

Aytish kerak, «qizil iblislar» xo‘jayini Jim Retkliff yosh mutaxassisni «Old Trafford»da ko‘rish uchun uning sobiq klubi - «Sporting»ga katta tovon puli to‘ladi - naq 11 million yevro. Shu tariqa Amorim murabbiylar transfer reytingida birdan top-7ga ko‘tarildi.

7-o‘rin - Brendan ROJERS. Shotlandiyalik mutaxassis 2019 yilning fevralida «Seltik»dan «Lester»ga yo‘l oldi. «Tulkilar» buning uchun 10,4 mln. yevro to‘lashdi.

6-o‘rin - Ruben AMORIM. Erik ten Xagdan qutulgan «MYU» rahbariyati portugaliyalik istiqbolli murabbiyni olish uchun «Sporting»ga 11 mln. yevro to‘lashdan qochgani yo‘q.

5-o‘rin - Vensan KOMPANI. Belgiyalik murabbiy joriy yil yozda «Bavariya» boshqaruvini qo‘lga oldi. Myunxen klubi bunda - «Bernli»ga 12 mln. yevro to‘lashga rozi bo‘ldi.

4-o‘rin - Andre VILLASH-BOASH. Portugaliyalik mutaxassis 2011 yilning iyun oyida «Chelsi» bosh murabbiyi lavozimiga tayinlandi. «Portu» esa bu operasiya ortidan 15 mln. yevroni qurtdek sanab oldi.

3-o‘rin - Joze MOURINYO. «Real» 2010 yilning may oyida «Benazir» transferi uchun «Inter»ga 16 mln. yevro to‘ladi. Ha, futbolda murabbiylar ortidan ham binoyidek pul ishlash mumkin.

1-2-o‘rinlar - Grem POTTER. 25 mln. yevro. «Chelsi» rahbariyati 2023 yilning sentyabrida «Brayton»da ko‘zga tashlangan murabbiy uchun shuncha kompensasiya to‘lashdan tiyilmadi. Uning «Stemford Brij»da natija keltirolmagani esa boshqa masala.

1-2-o‘rinlar - Yulian NAGELSMANN. Yana «Bavariya». Myunxen grandi «RB Leypsig»dagi ishi bilan hammani o‘ziga qaratgan yosh mutaxassisni o‘z tomoniga og‘dirishni shu qadar xohladiki, 2021 yili uning uchun tovon puli sifatida 25 mln. yevro sanashdan aslo tiyilmadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: