SportUz.Net
photo photo

Tuxel APLda noyob rekord qayd etdi

09.03.2021 07:30    


Rasmni yuklab olish

8 mart, dushanba kuni Angliya chempionatining 28-turi doirasida «Chelsi» va «Everton» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda londonliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Shu tariqa, «Chelsi» yangi bosh murabbiy Tomas Tuxel qo‘lostida APL doirasida 5ta o‘yin o‘tkazib, birorta ham gol o‘tkazib yuborishmadi. Bu esa yangi rekord hisoblanadi. Germaniyalik mutaxassis APLning dastlabki 5ta uy o‘yinida jamoasi bilan gol o‘tkazmagan ilk murabbiyga aylandi.

Londonliklar «Vulverxempton» (0:0), «Byornli» (2:0), «Nyukasl» (2:0) va «Manchester Yunayted» (0:0) bilan bahslarda darvoza daxlsizligini saqlab qolishdi.

Bundan tashqari, Tuxel "Chelsi"ni qabul qilib olganidan buyon 11ta o‘yinda yutqazmadi — 8 g‘alaba va 3 durang.

«Chelsi» 47 ochko bilan APL jadvalida 4-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: