SportUz.Net
photo photo

O'zbekistonlik sportchilar oilasida tug'ilgan figurali uchuvchi jahon rekordini o'rnatdi

28.03.2024 12:34    


Rasmni yuklab olish

Amerikalik figurali uchuvchi Ilya Malinin erkin dasturda jahon rekordini yangilab (227,79 ball), jahon chempioniga aylandi.

19 yoshli sportchi – 1990-yillar oxiri va 2000-yillar boshlarida bir necha karra O'zbekiston chempioni bo'lgan figurali uchuvchilar Tatyana Malinina va Roman Skornyakov oilasida tug'ilgan.

Amerikalik figurali uchuvchi Ilya Malinin erkin dasturda jahon rekordini yangilab, jahon chempioni bo'ldi.

Kanadaning Monreal shahrida o'tgan jahon chempionatida Malinin to'rtta aylanali sakrashni olti marta amalga oshirdi: avval to'rtlik aksel, keyin uch marta yakka to'rtlik (lutc, rittberger, salxov) sakrashlarini amalga oshirdi.

Uning erkin dasturdagi bu noyob muvaffaqiyati hakamlar tomonidan 227,79 ballga baholandi va bu yangi jahon rekordi bo'ldi.

Ilya Malinin 2004 yilda AQSHning Virjiniya shtatida, o'zbekistonlik figurali uchuvchilar – Tatyana Malinina va Roman Skornyakov oilasida tug'ilgan. Uning singlisi Elizaveta ham figurali uchish bilan shug'ullanadi.

Tatyana Malinina – 1999 yilda ilk marta o'tkazilgan to'rt qita chempionati oltin medali sohibasi, o'sha yilgi Gran-pri finali g'olibasi, 10 karra O'zbekiston chempioni (1993–2002), 2002 yilgi qishki Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi hisoblanadi. Roman Skornyakov – ikki karra O'zbekiston chempioni (1997, 2003) bo'lib, 1998 va 2002 yillarda qishki Olimpiya o'yinlarida O'zbekiston sharafini himoya qilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: