SportUz.Net

Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov FIDE reytingida 8-o‘ringa ko‘tarildi

29.02.2024 23:31    


Rasmni yuklab olish

Nodirbek Abdusattorov «Prague Chess Festival 2024» musobaqasining 3-turida bugun chexiyalik DAvid Navara ustidan g‘alaba qozondi.

Hamyurtimiz mazkur g‘alaba evaziga FIDE reytingi jadvalida o‘z hisobiga 3,9 ball qo‘shib qo‘ydi. Natijada uning ochkolari soni 2757,4 ballga yetdi. Nodirbek 2 pog‘ona ko‘tarilib, onlayn jadvalda 8-pog‘onaga chiqib oldi.

Abdusattorov AQSHlik So Uesli va xitoylik Vey Yini ortda qoldirdi. Yana bir g‘alaba vatandoshimizni 6-o‘ringa olib chiqishi mumkin.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: