
"Deloitte" xalqaro konsalting kompaniyasi mavsum-2022/2023da eng ko‘p daromad topgan klublar reytingini e’lon qildi.
Birinchi pog‘onani Madridning «Real» klubi egalladi. Florentino Peres boshqaruvidagi jamoa bir mavsumda 831 million yevro ishlab topdi. Ikkinchi pog‘onani esa mavsumda "trebl" qayd etgan «Manchester Siti» (826 mln) egallagan bo‘lsa, «PSJ» (802 mln) kuchli uchlikka kirdi.
Shuningdek, «Barselona» (800,1 mln), «Manchester Yunayted» (745,8), «Bavariya» (744), «Liverpul» (682,9), «Tottenxem» (631,5), «Chelsi» (589,4) va «Arsenal» (532,6) klublari kuchli o‘nlikka kirdi.
Yevropaning top-20 klublari daromadi avvalgi mavsumga nisbatan 14 foizga oshib, 10,5 mlrd yevroga yetgan.
Bahodir Jalolov va Murodjon Ahmadaliev mashg'ulotlarni birgalikda davom ettiryapti (VIDEO)
Jeyk Pol - Entoni Joshua bilan jang haqida: "Men ikkita raundda g'alaba qozongandim"
2026 yilda jahon chempioni bo'lishni niyat qilgan Xurshidbek Rasuljonov bilan intervyu