SportUz.Net
photo photo

Xoland – 2023 yilda Yevropaning top-5 chempionatlarida qo‘ldan chiqarilgan vaziyatlar bo‘yicha yetakchi

01.01.2024 21:31    


Rasmni yuklab olish

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland 2023 yilda Yevropaning top-5 chempionatlarida qo‘ldan chiqarilgan golli vaziyatlar bo‘yicha yetakchi bo‘ldi. Norvegiyalik futbolchi yil davomida 35 ta qulay vaziyatni golga aylantira olmadi.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi pog‘onani «Barselona» forvardi Robert Levandovski egalladi (30). Uchinchi o‘ringa «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe joylashdi (27). Keyingi o‘rinlarni «Monako» hujumchisi Folarin Balogun (26) va «Aston Villa» futbolchisi Olli Uotkins (24) egalladi.

Alvaro Morata («Atletiko») va Loi Openda («RB Leypsig») 23 tadan vaziyatni qo‘ldan chiqargan bo‘lsa, Aleksandr Serlot («Vilyarreal») 22ta imkoniyatdan foydalana olmagan.

Darvin Nunyes («Liverpul»), Viktor Osimxen («Napoli») va Markus Reshford («MYU») 2023 kalendar yili davomida 21 vaziyatni ko‘kka sovurishgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: