SportUz.Net
photo photo

IFFHS terma jamoalardagi 2023 yilning eng yaxshi murabbiylar reytingini e’lon qildi

30.12.2023 22:00    


Rasmni yuklab olish

Futbl tarixi va statistikasi xalqaro federasiyasi (IFFHS) terma jamoalardagi 2023 yilning eng yaxshi murabbiylar reytingini e’lon qildi.

Argentina terma jamoasi ustozi Lionel Skaloni 1-o‘rinni egalladi. Ekspertlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada u 185 ochko to‘pladi. Ushbu mutaxassis ketma-ket ikkinchi marta ushbu sovrinni qo‘lga kiritmoqda.

Ikkinchi o‘rinni Didye Desham (Fransiya) egallagan bo‘lsa, Roberto Martines (Portugaliya) kuchli uchlikka kirdi.

IFFHS versiyasiga ko‘ra terma jamoalardagi 2023 yilning eng yaxshi murabbiylar reytingi:

1. Lionel Skaloni, Argentina – 185 ochko;
2. Didye Desham, Fransiya – 112;
3. Roberto Martines, Portugaliya – 61;
4. Luis de la Fuente, Ispaniya – 56;
5. Marselo Byelsa, Urugvay – 43;
6. Xadzime Moriyasu, Yaponiya – 20;
7. Garet Sautgeyt, Angliya – 19;
8. Silvinyo, Albaniya – 16;
9. Volid Regragiy, Marokash – 15;
10. Stiv Klark, Shotlandiya – 7.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: