SportUz.Net
photo photo

Tomas Tuxel «Chelsi»da rekord o‘rnatdi, APLda esa Brendan Rojersning natijasini takrorladi

02.03.2021 09:30    


Rasmni yuklab olish

Angliya Premyer Ligasining 26-turida «Chelsi» va «Manchester Yunayted» jamoalari 28 fevral, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi. Uchrashuvda 0:0 hisobi qayd etildi.

«Chelsi» Tomas Tuxel bosh murabbiy etib tayinlanganidan beri Premyer Liga doirasidagi ketma-ket to‘rtta uy o‘yinida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Unga qadar «Chelsi»ning hech qaysi murabbiyi bu natijaga erisha olmagandi.

APL tarixida bu holat ikkinchi marta kuzatildi. Ilk bor Brendan Rojers 2011 yilda «Suonsi» bilan mazkur natijani qayd etgandi.

«Chelsi» 26 o‘yinda 44 ochko to‘plagan holda 5-o‘rinda bormoqda va peshqadam «Manchester Siti»dan 18 ochko ortda qolmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: