Italiya chempionatining 17-turi doirasida «Yuventus» o‘z maydonida «Frozinone»ni qabul qilmoqda. Bahsning 12-daqiqasida turinliklar hujumchisi Kenan Yildiz hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.
Turkiyalik futbolchi «Yuventus» safida A seriya o‘yinida gol urgan eng yosh xorijlik futbolchiga aylandi. Yildiz bugun 18 yoshu 233 kunlik bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi o‘yin Kenan uchun "Yuve"ning boshlang‘ich tarkibida ilk uchrashuv bo‘ldi.
Oliveyra: "Topuriya - men jang qilganlar orasida eng qattiq zarba beruvchi sportchi"
"Undan rekordidagi nolni olib qo'ymoqchiman". Volkanovski Evloev bilan jangga tayyor
Pimblett nima uchun Topuriya bilan jangga loyiq ekanligini aytdi va Maxachevni misol keltirdi