SportUz.Net
photo photo

APLda 2020/21 yilgi mavsumda jarohatlardan eng ko‘p aziyat chekayotgan klublar aniqlandi

28.02.2021 07:30    


Rasmni yuklab olish

Globe Soccer portali Angliya Premyer Ligasida jarohatlardan eng ko‘p aziyat chekayotgan klublar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Ro‘yxatdan APL klublarining 2020/21 yilgi mavsumda jarohat olgan futbolchilari soni va ular o‘tkazib yuborgan umumiy o‘yinlar (chempionatda) soni joy oldi.

Unga ko‘ra, «Liverpul»da mavsum davomida 18 nafar futbolchi jarohat olgan va ular umumiy miqdorda 155 ta o‘yinda ishtirok etmagan. Keyingi o‘rindagi «Everton»da jarohatlanganlar soni ko‘proq (20), biroq ular hamshaharlaridan kamroq o‘yin o‘tkazib yuborgan — 106 ta.

Quyida top-9 lik bilan tanishing:

1. «Liverpul» (18 jarohatlangan futbolchi) — 155 o‘tkazib yuborilgan o‘yin
2. «Everton» (20) — 106 o‘yin
3. «Lester» (15) — 96 o‘yin
4. «Arsenal» (17) — 91 o‘yin
5. «Manchester Siti» (14) — 93 o‘yin
6. «Tottenhem» (13) — 67 o‘yin
7. «Chelsi» (13) — 58 o‘yin
8. «Vest Hem» (12) — 47 o‘yin
9. «Manchester Yunayted» (11) — 39 o‘yin



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: