
«Atletiko» Ispaniya chempionatining 3-turi doirasida «Rayo Valyekano» klubi mehmoni bo‘lib, 7:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Gollarga Alvaro Morata (dubl), Antuan Grizmann, Memfis Depay, Nauel Molina, Anxel Korrea va Markos Lyorente mualliflik qildi.
Bu esa "matraschilar" uchun klub tarixidagi safarda qozonilgan eng yirik g‘alaba bo‘ldi. Bungacha «Atletiko»ning safardagi eng yirik g‘alabasi 5 ta to‘p farqi bilan bo‘lgandi:
1922 yilda: «Ximnastik Espanyol» - 8:3.
1948 yilda: «Sporting Xixon» - 7:2.
WBC Gran-prisi. Mujibillo Tursunov ertangi jangi oldidan raqibi bilan yuzma-yuz keldi (FOTO)
SHohasan, Odilxon va Bobur "Gorilla" ishtirok etadigan Toshkentdagi Octagon 83 turniridan ONLAYN