34 yoshli braziliyalik futbolchi erkin agent maqomida klubni tark etadi, sababi uning shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
"O'tgan yili shartnomani bir mavsumga uzaytirishga muvaffaq bo'lgan edik. U borini berdi, men imkoni qadar ko'proq unga yordam berishga harakat qildim, klub ham. Bir necha suhbatlardan so'ng biz qaror qildikki, ketish eng yaxshi yo'l", - deydi Arteta.
David Luiz "Arsenal"da 2019 yilning avgustidan beri o'ynaydi. Futbolchi 2020/21 yilgi mavsum jamoa safida 30ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.