SportUz.Net
photo photo

Allegri "Real" vakillari bilan uchrashdi. U klubni qabul qilib olishga tayyor

17.05.2021 19:25    


Rasmni yuklab olish

"Real" Zinedin Zidan ketish ehtimoli sabab yangi murabbiy qidirishni davom ettirmoqda.

Madrid klubi vakillari o'tgan haftada "Yuventus" sobiq ustozi Massimilano Allegri bilan uchrashishdi, bu haqda insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.

Tomonlar martdan beri aloqa qilishadi. 53 yoshli mutaxassis "Real" agar uni tanlasa, klubni qabul qilib olishga tayyor.

Italiya klublari ham Allegriga qiziqishmoqda, ammo uning maqsadi - "Real".

Oldinroq xabar berilganidek, "qaymoqranglilar" murabbiyligi uchun nomzodlar orasida Raul va Yoaxim Lyov ham bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: