SportUz.Net
photo photo

Rasman: Neymar PSJ bilan shartnomasini uzaytirdi

08.05.2021 18:25    


Rasmni yuklab olish

PSJ hujumchisi Neymar yana bir necha yillar davomida Parijda to'p tepadi.

Yangi shartnoma 2025 yilga qadar mo'ljallangan.

Oldinroq xabar berganimizdek, 29 yoshli o'yinchi soliqlarni ayirib tashlaganda va bonuslarni hisobga olganda yiliga 30 million evro atrofida maosh oladi.

Neymar PSJga "Barselona"dan 2017 yilda 222 million evro evaziga o'tgan edi. U parijliklar tarkibida uch karra Franciya chempioniga aylandi va 2020 yil CHL finaliga qadar etib bordi.

Braziliyalik futbolchi PSJ libosida 112ta o'yinda maydonga tushib, 85ta gol va 51ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: