SportUz.Net
photo photo

SHomurodov bilan xayrlashmang!

02.02.2023 17:23    


Rasmni yuklab olish

"Roma" Eldorni ijaraga berishi bilan 2023 yildagi dastlabki mag'lubiyatini qabul qilib oldi.

Tarixga nazar solsak, 27 yoshli hujumchi ketishi bilan uning sobiq jamoalari muvaffaqiyatsizlikka uchrashi tabiiy hol ekan:

1. Eldor ketganidan keyin “Mashal” O'zbekiston chempionatida top-5’ga kira olmadi (keyinroq Pro ligaga tushib "sho'ng'idi"). 

2. “Bunyodkor” Eldor ketganidan beri Osiyo CHempionlar Ligasiga chiqa olmayapti (5 yil bo'ldi). 

3. “Rostov” Eldor bilan xayrlashganidan keyin evrokuboklar pley-off bosqichida o'ynagani yo'q.

4. “Jenoa” Eldorni sotganidan keyin A Seriyadan tushib ketdi.

5. “Roma” Eldor bilan xayrlashishi bilan autsayderga yutqazib, Italiya kubogini tark etdi...

Nima deb o'ylaysiz: SHomurodov Rimga qaytsa, "Speciya"ga nima bo'ladi?



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: